Ohangaron
Hayoti

SHAHARNING TUG’ILISHI… (Yoxud «Ohangaronsement» zavodining Ohangaron shahrining tashkil topishidagi o’rni va ahamiyati to’g’risida)

Korxona rahbari Fyodorov rayon partiya komitetining byuro a’zosi edi. Katta hayot yo’lini bosib o’tgan Alijon Akbarov ham mana shu korxonada uzoq yillar partiya komitetiga kotiblik qildi. Alijon Akbarov xotirlaydi: – «Ohangaronsement» zavodiga o’z vaqtida juda katta rahbarlarning qadami tekkan.

1979-yil korxona negizida rangli sement korxonasi ochilishi tantanasida KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy byurosi a’zoligiga nomzod, O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Sharof Rashidov ishtirok etdi.

1986-yil bahori edi. O’sha paytlarda partiya ta’siri g’oyat kuchli bo’lib, haftada bir marotaba yagona siyosiy kunlar o’tkazilardi. Bir kuni mana shunday yagona siyosiy kunga O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o’rinbosari, Respublika Reja komitasi raisi Islom Karimov ham keldi. Bo’lg’usi Birinchi Prezidentimiz korxona ishi bilan, ayniqsa, oddiy ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi va mavjud muammolarni hal qilishda zarur ko’maklar berdi.

Ohangaron shahri farzandi Rustam Erkaboyev uzoq yillar korxona rahbarining iqtisod bo’yicha muovini va Muhamadali Do’stboyev esa Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi bo’lib fidokorona ishladi.

Korxonada Do’sov, Rafiqovlar sulolasini tanimaydigan odam Ohangaronda yo’q edi. Jumladan Sharifjon Do’sov, Alijon Rafiqov, Turg’unali Rafiqov hamda Usmonali Rafiqovlar korxona faxrlari edi. Sho’ro yillarida Turg’unali Rafiqovga «Gaz-24-Volga» engil avtomashinasining mukofot berilishi o’sha davrning olamshumul voqeasi edi.

2000-yilda korxonaga To’ychi Orifxo’jayev rahbarlik qilgan bo’lsa ham ishchilar ongida ishbilarmon va g’amxo’r rahbar sifatida qoldi. Undan keyin zavodda Quvasoy sement zavodi bosh muhandisi G’ulomjon Eraliyev bir yilcha, tajribali rahbar Muhitdin Murotov kelguncha rahbarlik qildi. Keyinchalik zavod boshqaruvida xorijiy kompaniya vakillari ham ishtirok etdi.

«Ohangaronsement» AJ tarkibida Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan 40 ming kubometr temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaradigan qurilish materiallari kombinati ham samarali faoliyat ko’rsatmoqda.

2009-yil yakunlariga ko’ra korxonaga «Evrosement» xolding guruhining «Eng daromadli korxonasi» nomi berildi. 2018-yilda korxonada bir million sakkiz yuz yetmish besh ming tonna sement ishlab chiqarildi. 2018-yildan boshlab korxona hududida qurilishi boshlangan loyiha qiymati yaqin 160 million dollarlik va yiliga 3 million tonna klinker ishlab chiqaradigan yangi quruq usulga moslashgan zavod ishga tushirildi.

Shuningdek, o’tgan asrning oltmishinchi yillarida, ya’ni 1964-yilda yilliga 75 ming dona vanna, 220 ming dona rakovina ishlab chiqaradigan O’rta Osiyoda yagona bo’lgan «Santexlit» zavodi, «Stroiplastmassa» kombinatlari ham qurilib ishga tushirildi.

Xonobod posyolkasi qator sanoat korxonalari qurilishi bilan birga ikki va ko’p qavatli turar joy binolari ham qad ko’tarib, unga ishchilar va mahalliy aholi vakillari ko’chib kirishdi.

Illёshon Axrorov raislik qilayotgan Xonobod posyolkasi 1966-yil kuziga borib, aholisi yigirma mingdan oshib ketdi va 1966-yil 27-dekabrda O’zSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan Xonobod posyolkasiga shahar maqomi berildi va Ohangaron deb nom oldi.

1967-yil 19-yanvarda xalq deputatlari Ohangaron shahar Sovetining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi va Illёshon Axrorov shahar ijroiya qo’mitasining raisi etib saylandi. Bashorat Xo’jayeva rais o’rinbosari etib saylandi. 1967-yil 17-mart kuni Sattor Oriponov shahar Soveti ijroiya qo’mitasi raisi etib saylandi.

Bugungi kunda qadrdon shahrimiz shiddat bilan rivojlanib bormoqda va o’zining shonli oltmish yillik to’yini munosib kutib olish uchun hozirlanmoqda.

Ozod XUSHNAZARZODA, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

    (Davomi. Boshlanishi o’tgan sonda).

    Добавить комментарий

    Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

    Dolzarb maqolalar

    “LIDA METALL TECHNOLOGY” – METALLNING RUHI VA ISHCHILAR JASORATI

    Shahrimizning sanoat hududida joylashgan «Lida Metall Technology» zavodi bugun metall...

    O‘QITUVCHIGA MASHINA SOVG‘A QILINDI

    Ohangaronda har yili davom etayotgan bir go‘zal an’ana bor — «Ohangaronsement» MCHJ...

    QIZG’ALDOQDEK UMR (yoxud Ohangaron bolalarining najotkori edi)

    2022-yil. Tungi soat ikkilar atrofi. Tuman tibbiyot birlashmasining sokin yo’laklarini onaning...

    109 YOSHLI HOJAR ONA KUNDALIGIDAGI TARIX IZLARI

    Muqaddima: Hojar Imonova: 1917-yilda Ohangaron tumanida tug’ilgan, mehnat faxriysi. Urush...

    YUZ YOSHLI BOBONING IQRORI

    Tumanimizda Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylar...

    ADIRLIKDA UNGAN «AVATAR»

    Yaqin-yaqingacha Ohangaronning Shodmalik mahallasi atrofidagi qir-adirlar faqat chorva boqiladigan...

    YANGI KORXONA BUNYOD BO‘LADI, ISHSIZLIKKA BARHAM BERILADI

    Ohangaron tumanida sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga...

    INTERNET – FOYDA MANBAIMI YOKI VAQT O’G’RISI?

    Hozirgi kunda internet deyarli hammamizning hayotimizga kirib bo’lgan. Ayniqsa, yoshlar uchun...