shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash siyosati va MAXFIYLIK SIYOSATI

Ushbu «Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash siyosati» va  «Maxfiylik siyosati» 2026-yil may oyida kuchga kirgan va ohangaronhayoti.uz saytida e’lon qilingan.
Oxirgi yangilanish: 2026-yil may — «Ohangaron Hayoti» tahririyati.

Tahririyatga kelgan qo’lyozmalar taqriz qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o’rinlarda — Siyosat) «Ohangaron Hayoti» nashrining rasmiy veb-sayti ohangaronhayoti.uz va uning barcha xizmatlariga nisbatan amal qiladi.

1.2. Saytdan foydalanish orqali foydalanuvchi ushbu Siyosat shartlariga so’zsiz roziligini bildiradi. Agar foydalanuvchi ushbu shartlarga rozi bo’lmasa, sayt xizmatlaridan foydalanishdan o’zini tiyishi kerak.

1.3. Ushbu Siyosat faqat ohangaronhayoti.uz saytiga nisbatan qo’llaniladi. Tahririyat uchinchi shaxslarning saytlari uchun javobgar emas.

2. Qanday ma’lumotlar to’planadi

2.1. Foydalanuvchining roziligiga ko’ra quyidagi ma’lumotlar to’planadi:

  • Elektron pochta manzili
  • Ism va familiya
  • Telefon raqami (ixtiyoriy)

2.2. Saytdan foydalanish jarayonida avtomatik ravishda quyidagi texnik ma’lumotlar uzatiladi:

  • IP-manzil
  • Cookie fayllari ma’lumotlari
  • Brauzer turi va versiyasi
  • Qurilma texnik xarakteristikalari
  • Saytga kirish sanasi va vaqti
  • Ko’rilgan sahifalar manzillari

2.3. Tahririyat foydalanuvchilar taqdim etgan ma’lumotlarning to’g’riligini tekshirmaydi. Noto’g’ri ma’lumot taqdim etishdan kelib chiqadigan barcha xavf foydalanuvchining zimmasida qoladi.

3. Ma’lumotlardan foydalanish maqsadlari

3.1. To’plangan ma’lumotlar faqat quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  • Sayt xizmatlaridan foydalanish uchun foydalanuvchini identifikatsiya qilish
  • Foydalanuvchi bilan teskari aloqani ta’minlash
  • Xabarnomalar va yangiliklar jo’natish (foydalanuvchi roziligi bilan)
  • Sayt sifati va xizmatlarini takomillashtirish
  • Statistik tahlil olib borish
  • Reklama faoliyatini amalga oshirish

4. Ma’lumotlarni saqlash va himoya qilish

4.1. Tahririyat foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi «Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq saqlaydi va qayta ishlaydi.

4.2. Shaxsiy ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va foydalanuvchining yozma roziligi bo’lmasa, uchinchi shaxslarga oshkor qilinmaydi, sotilmaydi yoki boshqa usulda tarqatilmaydi.

4.3. Tahririyat shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, yo’q qilish, o’zgartirish, bloklash, nusxalash va tarqatishdan himoya qilish uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko’radi.

4.4. Ma’lumotlar yo’qolgan yoki oshkor qilingan taqdirda, tahririyat foydalanuvchini darhol xabardor qiladi.

5. Ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish shartlari

5.1. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari faqat quyidagi hollarda uchinchi shaxslarga berilishi mumkin:

  • 5.1.1. Foydalanuvchi bunga ochiq rozilik bildirgan hollarda
  • 5.1.2. Ma’lum xizmatdan foydalanish yoki shartnomani bajarish uchun zarur bo’lganda
  • 5.1.3. O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda talab qilingan hollarda (sud, prokuratura, tergov organlari)
  • 5.1.4. Tahririyat huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo’lganda
  • 5.1.5. Nashr boshqa tashkilotga o’tkazilgan taqdirda — yangi egaga ushbu Siyosat talablarini bajarish majburiyati ham o’tadi

6. Cookie fayllar

6.1. Sayt cookie fayllaridan foydalanadi. Cookie — foydalanuvchi qurilmasiga saqlanadigan kichik matn fayli bo’lib, sayt ishlashini yaxshilash, sozlamalarni eslab qolish va statistika to’plash uchun ishlatiladi.

6.2. Foydalanuvchi brauzer sozlamalari orqali cookie fayllarini o’chirib qo’yishi mumkin. Biroq bu saytning ba’zi funksiyalari to’g’ri ishlamasligiga olib kelishi mumkin.

6.3. Saytda Google Analytics, Yandex.Metrica kabi uchinchi tomon tahlil xizmatlari qo’llanilishi mumkin. Ushbu xizmatlar o’zlarining maxfiylik siyosatiga ega.

7. Foydalanuvchi huquqlari

7.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

  • O’z shaxsiy ma’lumotlari bilan tanishish
  • Ma’lumotlarni o’zgartirish yoki yangilash talabini bildirishga
  • Shaxsiy ma’lumotlarini o’chirish talabini bildirishga
  • Ma’lumotlar qayta ishlashiga roziligini qaytarib olishga
  • Shaxsiy ma’lumotlar qayta ishlash bo’yicha shikoyat bildirishga

7.2. Ushbu huquqlardan foydalanish uchun quyidagi elektron pochta manziliga murojaat qilish kerak: oh_ja1932@umail.uz

7.3. Tahririyat yozma murojaatni olgandan so’ng 14 (o’n to’rt) ish kuni ichida javob beradi va zarur choralarni ko’radi.

8. Tomonlar majburiyatlari

8.1. Foydalanuvchi majburiyatlari:

  • Sayt xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo’lgan to’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish
  • Ma’lumotlar o’zgarganda ularni yangilash

8.2. Tahririyat majburiyatlari:

  • Olingan ma’lumotlarni faqat ushbu Siyosatda ko’rsatilgan maqsadlarda ishlatish
  • Shaxsiy ma’lumotlarni maxfiy saqlash, foydalanuvchining yozma roziligi bo’lmasa oshkor qilmaslik, sotmaslik va boshqa yo’llar bilan tarqatmaslik
  • Shaxsiy ma’lumotlar noto’g’ri yoki noqonuniy qayta ishlash holatlari aniqlanganda ularni bloklash
  • Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlari yo’qolishi yoki oshkor qilinishi natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko’rish

9. Tashqi havolalar

9.1. Saytda uchinchi tomon saytlariga havolalar bo’lishi mumkin. Tahririyat ushbu saytlarning maxfiylik siyosati va ulardagi ma’lumotlar himoyasi uchun javobgar emas. Foydalanuvchi tashqi saytlardan foydalanishdan oldin ularning maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqishi tavsiya etiladi.

10. Kichik yoshdagi foydalanuvchilar

10.1. Sayt 18 yoshdan kichik shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini ataylab to’plamaydi. Agar ota-ona yoki vasiy o’z farzandining ma’lumotlari to’planganligini aniqlasa, darhol tahririyatga murojaat qilishi va ma’lumotlarni o’chirish talabini bildirishga haqli.

12. Qo’llaniladigan qonunchilik

12.1. Ushbu Siyosat quyidagi hujjatlar asosida tuzilgan:

  • O’zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida»gi Qonuni (2019-yil 2-iyul)
  • O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi Qonuni
  • O’zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi Qonuni

13. Aloqa ma’lumotlari

Ushbu Maxfiylik siyosati bo’yicha savol, taklif yoki shikoyatlaringiz bo’lsa, quyidagi manzillar orqali murojaat qiling:

Nashr nomi: «Ohangaron Hayoti» gazetasi

Tahririyat: Toshkent viloyati, Ohangaron shahri,
4-kichik tuman, 12-uy.
Indeks: 110303.

Elektron pochta: oh_ja1932@umail.uz

Telefonlar:
Qabulxona: 71-645-20-95
Hisobxona: 71-645-20-98
Muxbirlar: 71-645-17-18

Veb-sayt: ohangaronhayoti.uz

Guvohnoma: №0542

ISSN: 2181-6697

Tashrif buyuruvchilar soni: 26