MUROJAATLAR MARKAZIDA INSON MANFAATI

Kuni kecha shahrimizda navbatdagi sayyor qabul bo’lib o’tdi. Xalq qabulxonasi binosida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi. Qabul davomida 25 nafardan ortiq fuqaroning turli yo’nalishdagi murojaatlari ko’rib chiqildi. E’tiborlisi, har bir murojaat ortida muayyan muammo, ehtiyoj va umid mujassam edi. Ish bilan ta’minlash, uy-joy ajratish, moddiy yordam olish kabi ijtimoiy masalalar asosiy o’rinni egalladi. Shuningdek, ta’lim tizimidagi muammolar, yoshlar bandligi, kadastr bilan bog’liq masalalar, sog’liqni saqlash xizmatlari sifati hamda hududlarni obodonlashtirish va tozaligiga oid murojaatlar ham ko’tarildi.

Mazkur sayyor qabul yana bir bor shuni ko’rsatdiki, rahbar va xalq o’rtasidagi ochiq muloqot muammolarni hal etishning eng samarali yo’lidir. Eng muhimi, har bir murojaat ortida turgan inson taqdiri e’tibordan chetda qolmayapti. Bunday uchrashuvlar aholining davlat idoralariga bo’lgan ishonchini mustahkamlab, jamiyatda ijtimoiy adolat va ochiqlik muhitini qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

Nozima OPPOQOVA.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

DOLZARB MAQOLALAR

XALQNING DARDIGA QULOQ TUTGAN

GULOBODDAGI UCHRASHUV: Bahrom To‘rayevich har bir fuqaroni diqqat bilan tingladi. Uning nigohidagi...

Xorijda stajirovka — zamonaviy

PF–21-sonli Farmon bilan yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 371-bandiga muvofiq...

Pirimqul Qodirov — “Yulduzli

…Ohangaron vodiysi o‘zining mag‘rur tog‘lari, yam-yashil kengliklari va shiddat bilan oquvchi...

ENG MUHIM MAQOLALAR

MAMONT SUYAGI BOR, MUZEY

Ohangaron tumanining 100 yilligi va Ohangaron shahrining 60 yilligi oldidan Joriy yil Ohangaron...

MO‘MINOBODLIK CHORVADORLAR SULOLASI

Оhangaron tumanining 100-yilligi oldidan Tumanimizda Mo‘min ota Xolto‘rayev nomini bilmaydigan inson...

ADIRLIKDA UNGAN «AVATAR»

Yaqin-yaqingacha Ohangaronning Shodmalik mahallasi atrofidagi qir-adirlar faqat chorva boqiladigan...

Gazetamizga obuna bo'ling

Ohangaron hayotidagi so’nggi yangiliklar bilan birinchilardan
bo’lib tanishing. Har juma yangi son — saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarda!