Ohangaron Hayoti

1932-yildan chop etiladi

HAMSHIRA – 2026

Yurtimizda tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari, ayniqsa hamshiralarning kasbiy mahoratini oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro madaniy do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va ijtimoiy faolligini kuchaytirish maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Ana shunday tashabbuslardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Hamshiralar assotsiatsiyasining qo‘shma qaroriga asosan Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahrida joylashgan Tez tibbiy yordam binosining katta majlislar zalida «Hamshira – 2026» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda viloyat bo‘ylab eng bilimli, zukko va faol 15 nafar hamshira ishtirok etdi. Ular orasida Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasining terapiya bo‘limi navbatchi hamshirasi Dinara Absamatova ham qatnashib, belgilangan shartlar asosida o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdi. Shu bilan birga, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan fidoyi hamshiralardan turli nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlar ham tavsiya etildi. Jumladan, «Yilning eng yaxshi hamshirasi» nominatsiyasiga – Xurshida Mamadjanova, «Yilning eng yaxshi muolaja va emlash hamshirasi»ga – Marg‘uba Umarova, «Yilning eng yaxshi anesteziologiya va reanimatsiya hamshirasi»ga – Sohiba Isakulova, «Yilning eng yaxshi operatsiya xonasi hamshirasi»ga – Marg‘uba Ibragimova, «Yilning eng yaxshi bolalar hamshirasi»ga – Tursunoy Musayeva, «Yilning eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam hamshirasi»ga – Sevara O‘tbasova, «Yilning eng yaxshi doyasi» nominatsiyasiga – Nigora Tursunxo‘jayeva nomzodlari ko‘rsatildi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi vakillari munosib natijalarga erishdi.

Xurshida Mamadjanova «Yilning eng yaxshi hamshirasi» nominatsiyasida 3-o‘rin, Marg‘uba Ibragimova «Yilning eng yaxshi operatsiya xonasi hamshirasi» nominatsiyasida 2-o‘rin, Sevara O‘tbasova «Yilning eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam hamshirasi» nominatsiyasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston Hamshiralar assotsiatsiyasi Toshkent viloyati bo‘linmasi hamda viloyat kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari va statuetkalar topshirildi.

Bu kabi ko‘rik-tanlovlar tibbiyot xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ularni rag‘batlantirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xurshida SHAMSHIXONOVA, shahar Tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

DOLZARB MAQOLALAR

VATANPARVARLIK VA JASORAT SINOVI

Kuni kecha shahrimiz yoshlari o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan...

MUROJAATLAR MARKAZIDA INSON MANFAATI

Kuni kecha shahrimizda navbatdagi sayyor qabul bo’lib o’tdi. Xalq qabulxonasi binosida...

KICHIK QALBLARDA KATTA G`OYALAR

Atrof-muhitni asrash, chiqindilardan oqilona foydalanish va tabiatga mehr bilan munosabatda...

ENG MUHIM MAQOLALAR

MAMONT SUYAGI BOR, MUZEY

Ohangaron tumanining 100 yilligi va Ohangaron shahrining 60 yilligi oldidan Joriy yil Ohangaron...

HALQNING DARDIGA QULOQ TUTGAN

GULOBODDAGI UCHRASHUV: Bahrom To‘rayevich har bir fuqaroni diqqat bilan tingladi. Uning nigohidagi...

MO‘MINOBODLIK CHORVADORLAR SULOLASI

Оhangaron tumanining 100-yilligi oldidan Tumanimizda Mo‘min ota Xolto‘rayev nomini bilmaydigan inson...

Gazetamizga obuna bo'ling

Ohangaron hayotidagi so’nggi yangiliklar bilan birinchilardan
bo’lib tanishing. Har juma yangi son — saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarda!