«VATANPARVAR» – YOSHLAR TARBIYASIDA ISHONCHLI TAYANCH

Bugungi globallashuv sharoitida yosh avlodni har tomonlama yetuk, jismonan sog’lom va yuksak ma’naviyatli etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu oliy maqsadlar ijrosini ta’minlashda «Vatanparvar» tashkiloti Ohangaron shahar O’quv sport texnika markazining samarali faoliyati alohida e’tirofga loyiq. Mazkur muassasa o’z Nizomi doirasida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mudofaa salohiyatini mustahkamlashga ko’maklashish, fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ularni harbiy xizmatga va texnik kasblarga tayyorlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Markaz faoliyatida harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy va sport-sog’lomlashtirish yo’nalishlari o’zaro uyg’unlikda olib boriladi. Xususan, yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sportning texnik va amaliy turlari bo’yicha tashkil etilgan to’garaklar o’g’il-qizlarning jismoniy imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, ularda mustahkam iroda va matonat tuyg’ularini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Muntazam ravishda o’tkazib kelinayotgan sport musobaqalari va ko’rik-tanlovlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim omil bo’lmoqda.

Shu bilan birga, tashkilot tomonidan yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, davlat hokimiyati organlari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda harbiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish jarayonlariga ham jiddiy e’tibor qaratilgan. Bu borada avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi samarali yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu yoshlarning mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklarni egallashlariga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida yoshlarni turli yot g’oyalar ta’siridan himoya qilish, ularda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish va xalqaro sport maydonlarida yurtimiz nufuzini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tarbiyalash markazning doimiy diqqat markazida bo’lib qolmoqda.

Gulchehra ABDULHAKOVA,

«Vatanparvar» tashkiloti shahar O’STMning harbiy vatanparvarlik yo’nalishi mutaxassisi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

DOLZARB MAQOLALAR

XALQNING DARDIGA QULOQ TUTGAN

GULOBODDAGI UCHRASHUV: Bahrom To‘rayevich har bir fuqaroni diqqat bilan tingladi. Uning nigohidagi...

Xorijda stajirovka — zamonaviy

PF–21-sonli Farmon bilan yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 371-bandiga muvofiq...

Pirimqul Qodirov — “Yulduzli

…Ohangaron vodiysi o‘zining mag‘rur tog‘lari, yam-yashil kengliklari va shiddat bilan oquvchi...

ENG MUHIM MAQOLALAR

MAMONT SUYAGI BOR, MUZEY

Ohangaron tumanining 100 yilligi va Ohangaron shahrining 60 yilligi oldidan Joriy yil Ohangaron...

MO‘MINOBODLIK CHORVADORLAR SULOLASI

Оhangaron tumanining 100-yilligi oldidan Tumanimizda Mo‘min ota Xolto‘rayev nomini bilmaydigan inson...

ADIRLIKDA UNGAN «AVATAR»

Yaqin-yaqingacha Ohangaronning Shodmalik mahallasi atrofidagi qir-adirlar faqat chorva boqiladigan...

Gazetamizga obuna bo'ling

Ohangaron hayotidagi so’nggi yangiliklar bilan birinchilardan
bo’lib tanishing. Har juma yangi son — saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarda!