Ohangaron
Hayoti

INSON QADRI VA IJTIMOIY KO’MAK

Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilib, har bir insonning qadri, uning turmush tarzi va sog‘lig‘i davlatning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Bu boradagi islohotlarning amaliy ifodasini shahrimiz hududidagi ijtimoiy obyektlar faoliyatida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Yaqinda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorovning hududga tashrifi ham aynan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, mavjud tizimdagi muammolarni bartaraf etish va reabilitatsiya jarayonlarini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish maqsadiga qaratildi.

O’rganishlar davomida asosiy e’tibor shahrimizda joylashgan «Muruvvat» nogironligi bo’lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga qaratildi. Mazkur muassasada vasiylikka olingan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko’zdan kechirilar ekan, faqatgina tibbiy yordam bilan cheklanib qolmasdan, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish masalasi kun tartibidagi eng muhim vazifa sifatida belgilandi. Xususan, internat uyida yo’lga qo’yilgan mehnat terapiyasi loyihalari alohida e’tirofga loyiq.

Muloqotlar davomida internat uyining bino va inshootlarini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish, bu yerda yashovchilar uchun yanada munosib, xavfsiz va shinam muhit yaratish bo’yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Tashrifning mantiqiy davomi sifatida shahrimizdagi Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash markazidagi faoliyat ham atroflicha tahlil qilindi. Bugungi kunda ushbu markazda «Faol hayotga qadam» dasturi doirasida 31 nafar fuqaroga kompleks tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari ko’rsatilmoqda.

Agentlik rahbari tomonidan markazdagi reabilitatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish, xizmatlar ko’lamini kengaytirish va har bir murojaatchiga individual yondashuvni kuchaytirish bo’yicha mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi. Kelgusida tizimni yanada takomillashtirish orqali muhtoj qatlamning har bir vakili o’zini yolg’iz his etmasligiga erishish ustuvor yo’nalish bo’lib qoladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Dolzarb maqolalar

O‘QITUVCHIGA MASHINA SOVG‘A QILINDI

Ohangaronda har yili davom etayotgan bir go‘zal an’ana bor — «Ohangaronsement» MCHJ...

QIZG’ALDOQDEK UMR (yoxud Ohangaron bolalarining najotkori edi)

2022-yil. Tungi soat ikkilar atrofi. Tuman tibbiyot birlashmasining sokin yo’laklarini onaning...

109 YOSHLI HOJAR ONA KUNDALIGIDAGI TARIX IZLARI

Muqaddima: Hojar Imonova: 1917-yilda Ohangaron tumanida tug’ilgan, mehnat faxriysi. Urush...

YUZ YOSHLI BOBONING IQRORI

Tumanimizda Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylar...

ADIRLIKDA UNGAN «AVATAR»

Yaqin-yaqingacha Ohangaronning Shodmalik mahallasi atrofidagi qir-adirlar faqat chorva boqiladigan...

YANGI KORXONA BUNYOD BO‘LADI, ISHSIZLIKKA BARHAM BERILADI

Ohangaron tumanida sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga...

INTERNET – FOYDA MANBAIMI YOKI VAQT O’G’RISI?

Hozirgi kunda internet deyarli hammamizning hayotimizga kirib bo’lgan. Ayniqsa, yoshlar uchun...

«VATANPARVAR» – YOSHLAR TARBIYASIDA ISHONCHLI TAYANCH

Bugungi globallashuv sharoitida yosh avlodni har tomonlama yetuk, jismonan sog’lom va yuksak...

INSON QADRI VA IJTIMOIY KO’MAK

Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilib, har bir...