KICHIK QALBLARDA KATTA G`OYALAR

Atrof-muhitni asrash, chiqindilardan oqilona foydalanish va tabiatga mehr bilan munosabatda bo’lish har bir insonning burchiga aylanishi zarur. Ayniqsa, bu tushunchalarni yosh avlod ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda shahrimizdagi 5-umumta’lim maktabidagi 3-«B» sinf o’quvchilari ishtirokida ekologik mavzuda mazmunli tadbir tashkil etildi. Tadbir maktabning kimyo fani o’qituvchisi Mahliyo Yo’ldosheva tashabbusi bilan yuqori saviyada o’tkazildi. Unda o’quvchilar chiqindilardan qayta foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik madaniyatni rivojlantirish borasida o’z bilim va ko’nikmalarini namoyish etishdi. Tadbir davomida bolalar turli chiqindilardan – plastik idishlar, qog’oz, karton va boshqa foydalanilgan buyumlardan ajoyib ijodiy ishlar tayyorlab, o’zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini namoyish etishdi. Har bir ishda bolalarning tabiatga bo’lgan mehr-muhabbati, tasavvuri va yangicha yondashuvi yaqqol sezilib turdi. Shuningdek, o’quvchilar tomonidan ekologiyani asrashga qaratilgan she’rlar, sahna ko’rinishlari va turli chiqishlar namoyish etilib, tadbir yanada mazmunli va ta’sirchan tus oldi. Bu esa tadbir mehmonlarida ham katta taassurot qoldirdi.

Nozima OPPOQOVA.

Один ответ

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

DOLZARB MAQOLALAR

XALQNING DARDIGA QULOQ TUTGAN

GULOBODDAGI UCHRASHUV: Bahrom To‘rayevich har bir fuqaroni diqqat bilan tingladi. Uning nigohidagi...

Xorijda stajirovka — zamonaviy

PF–21-sonli Farmon bilan yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 371-bandiga muvofiq...

Pirimqul Qodirov — “Yulduzli

…Ohangaron vodiysi o‘zining mag‘rur tog‘lari, yam-yashil kengliklari va shiddat bilan oquvchi...

ENG MUHIM MAQOLALAR

MAMONT SUYAGI BOR, MUZEY

Ohangaron tumanining 100 yilligi va Ohangaron shahrining 60 yilligi oldidan Joriy yil Ohangaron...

MO‘MINOBODLIK CHORVADORLAR SULOLASI

Оhangaron tumanining 100-yilligi oldidan Tumanimizda Mo‘min ota Xolto‘rayev nomini bilmaydigan inson...

ADIRLIKDA UNGAN «AVATAR»

Yaqin-yaqingacha Ohangaronning Shodmalik mahallasi atrofidagi qir-adirlar faqat chorva boqiladigan...

Gazetamizga obuna bo'ling

Ohangaron hayotidagi so’nggi yangiliklar bilan birinchilardan
bo’lib tanishing. Har juma yangi son — saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarda!