Ohangaron Hayoti

1932-yildan chop etiladi

«TAMADDUN» JAMOASI VILOYAT SHA`NINI HIMOYA QILADI

Teatr – bu jonli san’at. Teatr san’atida dublaj va rolni qayta o`ynab bo’lmaydi. Aynan mas’uliyat va mahorat teatr aktyorlarida namoyon bo’lishi kerak. Maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkazilayotgan «Turon maktab teatri» tanlovi ham aynan yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda nutq madaniyati va badiiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Olmaliq shahrida bo’lib o’tgan viloyat bosqichi buning yorqin isboti bo’ldi. Kuni kecha Olmaliq shahridagi «Metallurg» madaniyat saroyi san’at bayramiga mezbonlik qildi. Viloyatimizning turli go’shalaridan tashrif buyurgan eng iqtidorli jamoalar sahnada o’z mahoratlarini namoyish etishdi. Mazkur tanlovning tuman va shahar bosqichlarida saralangan 22 ta jamoa orasida kechgan murosasiz bahslar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Tanlov ishtirokchilari belgilangan ikki shart bo’yicha o’z chiqishlarini taqdim etishdi. Yosh aktyorlarning sahna madaniyati, obrazlarga kirishish mahorati va ijodiy yondashuvlari har bir jamoaning o’ziga xosligini ko’rsatib berdi. Taniqli san’atkorlardan iborat hakamlar hay’ati chiqishlarni baholashda aktyorlik mahorati, asarning g’oyaviy mazmuni hamda badiiy salohiyatiga ham alohida e’tibor qaratishdi. Qizg’in va hayajonli lahzalardan so’ng, yakuniy natijalar e’lon qilindi. Bosh sovrin va respublika bosqichiga yo’llanma tumanimizdagi 52-umumta’lim maktabining «Tamaddun» jamoasiga nasib etdi. Ularning sahnadagi harakati va chiqishi hakamlar tomonidan yuqori baholandi.

Tadbirning tantanali qismida Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari hamda «Kelajak markazi» rahbariyati so’zga chiqib, g’oliblarni samimiy qutlashdi. Faol ishtirok etgan o’quvchilar turli nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanib, ularga diplom va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

O`z muxbirimiz.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

DOLZARB MAQOLALAR

VATANPARVARLIK VA JASORAT SINOVI

Kuni kecha shahrimiz yoshlari o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan...

MUROJAATLAR MARKAZIDA INSON MANFAATI

Kuni kecha shahrimizda navbatdagi sayyor qabul bo’lib o’tdi. Xalq qabulxonasi binosida...

KICHIK QALBLARDA KATTA G`OYALAR

Atrof-muhitni asrash, chiqindilardan oqilona foydalanish va tabiatga mehr bilan munosabatda...

ENG MUHIM MAQOLALAR

MAMONT SUYAGI BOR, MUZEY

Ohangaron tumanining 100 yilligi va Ohangaron shahrining 60 yilligi oldidan Joriy yil Ohangaron...

HALQNING DARDIGA QULOQ TUTGAN

GULOBODDAGI UCHRASHUV: Bahrom To‘rayevich har bir fuqaroni diqqat bilan tingladi. Uning nigohidagi...

MO‘MINOBODLIK CHORVADORLAR SULOLASI

Оhangaron tumanining 100-yilligi oldidan Tumanimizda Mo‘min ota Xolto‘rayev nomini bilmaydigan inson...

Gazetamizga obuna bo'ling

Ohangaron hayotidagi so’nggi yangiliklar bilan birinchilardan
bo’lib tanishing. Har juma yangi son — saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarda!