Ohangaron Hayoti

1932-yildan chop etiladi

HALQNING DARDIGA QULOQ TUTGAN RAHBAR

GULOBODDAGI UCHRASHUV:

Bahrom To‘rayevich har bir fuqaroni diqqat bilan tingladi. Uning nigohidagi samimiyat va har bir masalaga «bu mening ham muammom» deb yondashishi xalqning ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi. Joyning o‘zida mutasaddilarga berilgan qat’iy topshiriqlar ko‘pgina tugunlarni yechib yubordi. Bu – xalq roziligini oliy maqsad deb bilgan rahbarning qiyofasi edi.

Shoirni yo‘qlab: Ma’naviyatga ehtirom

Ammo kunning eng hayajonli lahzalari Toshsoy qishlog‘ida davom etdi. Tuman hokimi shu qishloqda istiqomat qiluvchi, so‘z sehri bilan ko‘ngillarni ovlovchi keksa va kamtarin ijodkor Barot Isroil xonadoniga tashrif buyurdi. Bu shunchaki «hol so‘rash» emas, balki ijodga, ziyoga va keksalik gashtini surayotgan nuroniylarga bo‘lgan yuksak ehtirom ramzi bo‘ldi.

Shoirning xonadonida o‘z mehnati bilan tashkil etgan mo‘jaz kutubxonasi va Ma’naviyat maskanini ko‘rgan har bir ko‘ngil hayratga tushdi. Kitoblarning tartib bilan terilgani, har bir sahifadan taralayotgan bilim nuri hokimning ham alohida e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Ijod va ishonch uyg‘unligi

«Shoir – xalqning yuragi, uning ma’naviyati esa millatning boyligidir,» degan ezgu fikr tashrif davomida yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Bahrom To‘rayevich shoir bilan suhbatlashar ekan, ijodkorning mashaqqatli va sharafli mehnati tuman madaniy hayotida nechog‘lik muhim ekanligini ta’kidladi.

Bugun Ohangaron tumanida nafaqat iqtisodiy islohotlar, balki insoniy qadriyatlar ham gullab-yashnamoqda. Rahbarning xalq ichiga kirib borishi, oddiy odamlarning og‘irini yengil qilishi va ijod ahliga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori ertangi yorug‘ kunlardan dalolat beradi. Zero, xalq rozi bo‘lgan joyda baraka bo‘ladi, shoiri ardoqlangan yurtning esa qaddi hamisha baland bo‘ladi!

Shoira Abdumalik qizi.


Davomi. Boshlanishi 1-betda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

DOLZARB MAQOLALAR

VATANPARVARLIK VA JASORAT SINOVI

Kuni kecha shahrimiz yoshlari o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan...

MUROJAATLAR MARKAZIDA INSON MANFAATI

Kuni kecha shahrimizda navbatdagi sayyor qabul bo’lib o’tdi. Xalq qabulxonasi binosida...

KICHIK QALBLARDA KATTA G`OYALAR

Atrof-muhitni asrash, chiqindilardan oqilona foydalanish va tabiatga mehr bilan munosabatda...

ENG MUHIM MAQOLALAR

MAMONT SUYAGI BOR, MUZEY

Ohangaron tumanining 100 yilligi va Ohangaron shahrining 60 yilligi oldidan Joriy yil Ohangaron...

HALQNING DARDIGA QULOQ TUTGAN

GULOBODDAGI UCHRASHUV: Bahrom To‘rayevich har bir fuqaroni diqqat bilan tingladi. Uning nigohidagi...

MO‘MINOBODLIK CHORVADORLAR SULOLASI

Оhangaron tumanining 100-yilligi oldidan Tumanimizda Mo‘min ota Xolto‘rayev nomini bilmaydigan inson...

Gazetamizga obuna bo'ling

Ohangaron hayotidagi so’nggi yangiliklar bilan birinchilardan
bo’lib tanishing. Har juma yangi son — saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarda!