Ohangaron
Hayoti

“LIDA METALL TECHNOLOGY” – METALLNING RUHI VA ISHCHILAR JASORATI

Shahrimizning sanoat hududida joylashgan «Lida Metall Technology» zavodi bugun metall mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik sanoat korxonasi sifatida tanilgan.Bu korxona ishchilar matonati, mehnatsevarlik va jamoaviy birlik bilan ajralib turadi.

Sexlarga kirgan zahotingiz ishchilar zavodning haqiqiy yuragi ekanini yaqqol his qilasiz.Pechlarning doimiy shovqini, olovning lovullashi, eritilgan metallning qaynash ovozi, uskunalarning uzluksiz ishlashi – bularning barchasi go’yo o’ziga xos mehnat musiqasini eslatadi.

Ish jarayoni og’irligi, metall bloklarining vazni, yuqori harorat va chang ichida mehnat qilish odamga oson ko’rinmasligi mumkin.Ammo ishchilarning yuzida charchoq emas, ishidan mamnunlik va g’urur seziladi.Bu korxonadagi asosiy kuch jamoaviy birdamlikdir. Ishchilar bir-biriga ko’mak beradi, har bir muvaffaqiyat umumiy yutuq sifatida qabul qilinadi.Birlikda baraka bor» degan xalq donoligi aynan shu yerda o’z tasdig’ini topgandek.

Zavodning umumiy hududi va sexlardagi tartib-tozalik alohida e’tibor tortadi.Ishlab chiqarish liniyalaridagi intizom, tozalikka rioya qilish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish xodimlarning ishga bo’lgan hurmatini ko’rsatadi.Bu mehnat unumdorligini oshirish bilan birga, sog’lom va xavfsiz ish muhiti yaratadi.Har bir ishchi metallga shakl berar ekan, unga butun e’tiborini, mahoratini va mehnat ruhini singdiradi.Qizigan pechlar, qaynab turgan metall, jaranglayotgan uskuna, har bir jarayon ularning fidoiyligi va kasbiga bo’lgan sadoqatini sinovdan o’tkazadi. Ular uchun bu oddiy ish emas, hayot tarziga aylangan mehnat maktabidir.Korxona rahbari Islombek Vohidov boshqaruvdagi tajribasi va talabchanligi bilan jamoa hurmatini qozongan.U ishchilarning har bir ehtiyojini inobatga oladi, jamoaning ruhini ko’taradi, mehnat jarayonini tartibli va samarali yo’lga qo’yadi. Shu bois bu yerda har bir ishchi o’zini qadrlangan inson sifatida his qiladi.

«Lida Metall Technology»da temir qizdiriladigan har bir jarayon mehnat san’atiga aylangan.Ishchilarning qat’iyati, sabr-toqati, sobitligi ana shu jarayonlar davomida yanada mustahkamlanadi. Bu yerda har bir ishchi o’z mehnati bilan zavod sha’nini yuksaltirayotgan fidoyi insonga aylanadi.Bugun «Lida Metall Technology» Ohangaron sanoatining g’ururi, jamoaviy birdamlik va mehnatsevarlik timsoli sifatida e’tirof etilmoqda.

Zavod haqida qisqa ma’lumot:Korxona 10-25 mm diametrli, A400-A500 sinfli, GOST 34028-2016 standartiga mos issiqlik bilan mustahkamlangan armatura ishlab chiqaradi.»LIDA METALL TECHNOLOGY» MCHJda 750 nafardan ortiq ishchi-xodim faoliyat yuritadi.

Muslima QAYUMOVA, “Ohangaron hayoti” muxbiri

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Dolzarb maqolalar

“LIDA METALL TECHNOLOGY” – METALLNING RUHI VA ISHCHILAR JASORATI

Shahrimizning sanoat hududida joylashgan «Lida Metall Technology» zavodi bugun metall...

O‘QITUVCHIGA MASHINA SOVG‘A QILINDI

Ohangaronda har yili davom etayotgan bir go‘zal an’ana bor — «Ohangaronsement» MCHJ...

QIZG’ALDOQDEK UMR (yoxud Ohangaron bolalarining najotkori edi)

2022-yil. Tungi soat ikkilar atrofi. Tuman tibbiyot birlashmasining sokin yo’laklarini onaning...

109 YOSHLI HOJAR ONA KUNDALIGIDAGI TARIX IZLARI

Muqaddima: Hojar Imonova: 1917-yilda Ohangaron tumanida tug’ilgan, mehnat faxriysi. Urush...

YUZ YOSHLI BOBONING IQRORI

Tumanimizda Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylar...

ADIRLIKDA UNGAN «AVATAR»

Yaqin-yaqingacha Ohangaronning Shodmalik mahallasi atrofidagi qir-adirlar faqat chorva boqiladigan...

YANGI KORXONA BUNYOD BO‘LADI, ISHSIZLIKKA BARHAM BERILADI

Ohangaron tumanida sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga...

INTERNET – FOYDA MANBAIMI YOKI VAQT O’G’RISI?

Hozirgi kunda internet deyarli hammamizning hayotimizga kirib bo’lgan. Ayniqsa, yoshlar uchun...