YANGI KORXONA BUNYOD BO‘LADI, ISHSIZLIKKA BARHAM BERILADI

Ohangaron tumanida sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga qaratilgan yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda. «TAI CHANG SPECIAL STEEL» MCHJ ning navbatdagi xorijiy sarmoyalar ishtirokida barpo etilayotgan “TAI CHANG GROUP” MCHJ zamonaviy metallurgiya majmuasi qurilishi boshlandi.

Mazkur loyiha mamlakat iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, import o‘rnini bosuvchi, yuqori sifatli legirlangan po‘lat asosida yirik o‘lchamli metalloprokat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni maqsad qiladi.

Loyiha doirasida yirik yer maydoni ajratilgan. Qurilish ishlari zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlar asosida amalga oshiriladi. Loyihaning 1-bosqichida 50,8 million AQSH dollari, 2-bosqichda esa 60 million AQSH dollari sarflanishi ko’zda tutilgan. Umumiy qiymati 110,8 million AQSH dollariga teng bo‘lgan korxona to‘liq ishga tushgach, yiliga 700 ming tonna «Yuqori legirlangan po‘lat mahsulotlari»ni zamonaviy xitoy texnologiyalari asosida ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Yangi korxona ichki bozordagi talabni qondirish bilan birga, eksport geografiyasini ham kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa Ohangaron tumani iqtisodiyotining o‘sishi, sanoat infratuzilmasining mustahkamlanishi va yangi ishlab chiqarish zanjirlarining shakllanishiga turtki beradi.

Loyihani 2027-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Uning ishga tushishi natijasida 500 ga yaqin doimiy ish o‘rni yaratilib, mahalliy aholining bandligi va daromad manbalari kengayadi.

Tadbirda tuman hokimi Bahrom Norqobilov ishtirok etib, mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va hududlarda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtaldi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

DOLZARB MAQOLALAR

XALQNING DARDIGA QULOQ TUTGAN

GULOBODDAGI UCHRASHUV: Bahrom To‘rayevich har bir fuqaroni diqqat bilan tingladi. Uning nigohidagi...

Xorijda stajirovka — zamonaviy

PF–21-sonli Farmon bilan yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 371-bandiga muvofiq...

Pirimqul Qodirov — “Yulduzli

…Ohangaron vodiysi o‘zining mag‘rur tog‘lari, yam-yashil kengliklari va shiddat bilan oquvchi...

ENG MUHIM MAQOLALAR

MAMONT SUYAGI BOR, MUZEY

Ohangaron tumanining 100 yilligi va Ohangaron shahrining 60 yilligi oldidan Joriy yil Ohangaron...

MO‘MINOBODLIK CHORVADORLAR SULOLASI

Оhangaron tumanining 100-yilligi oldidan Tumanimizda Mo‘min ota Xolto‘rayev nomini bilmaydigan inson...

ADIRLIKDA UNGAN «AVATAR»

Yaqin-yaqingacha Ohangaronning Shodmalik mahallasi atrofidagi qir-adirlar faqat chorva boqiladigan...

Gazetamizga obuna bo'ling

Ohangaron hayotidagi so’nggi yangiliklar bilan birinchilardan
bo’lib tanishing. Har juma yangi son — saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarda!