INTERNET – FOYDA MANBAIMI YOKI VAQT O’G’RISI?

Hozirgi kunda internet deyarli hammamizning hayotimizga kirib bo’lgan. Ayniqsa, yoshlar uchun u kundalik odatga aylangan – kimdir dars qiladi, kimdir video ko’radi, yana kimdir ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o’tkazadi. Hatto bir kun internetsiz qolib ko’rsak, nimadir yetishmayotgandek bo’ladi.

Aslida, internetning foydasi juda ko’p. Oldin biror ma’lumot topish uchun kutubxonaga borish, kitob izlash kerak edi. Hozir esa telefonni olib, bir necha soniyada kerakli narsani topish mumkin. Onlayn darslar, turli kurslar, video darsliklar – bularning barchasi yoshlarning bilim olishini ancha osonlashtirdi. Bundan tashqari, internet orqali odamlar bir-biri bilan tez aloqa qiladi. Uzoqda yashayotgan do’stlar yoki qarindoshlar bilan gaplashish juda oson.

Lekin hamma narsaning yaxshi va yomon tomoni bo’lgani kabi, internetning ham salbiy tomonlari bor. Eng katta muammo – vaqtni behuda sarflash. Ko’pchilik «faqat 5 daqiqa» deb kiradi, lekin soatlab qolib ketadi. Yana bir muammo yolg’on va chalg’ituvchi ma’lumotlar. Hammasiga ham ishonish to’g’ri emas. Shuning uchun internetdan oqilona foydalanish kerak. Uni foydali maqsadda ishlatsak, u katta yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, internet ikki tomoni bor vosita. Uni qanday ishlatish esa o’zimizga bog’liq.

Xumora HASANOVA,

Jamoat xavfsizligi universiteti talabasi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

DOLZARB MAQOLALAR

XALQNING DARDIGA QULOQ TUTGAN

GULOBODDAGI UCHRASHUV: Bahrom To‘rayevich har bir fuqaroni diqqat bilan tingladi. Uning nigohidagi...

Xorijda stajirovka — zamonaviy

PF–21-sonli Farmon bilan yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 371-bandiga muvofiq...

Pirimqul Qodirov — “Yulduzli

…Ohangaron vodiysi o‘zining mag‘rur tog‘lari, yam-yashil kengliklari va shiddat bilan oquvchi...

ENG MUHIM MAQOLALAR

MAMONT SUYAGI BOR, MUZEY

Ohangaron tumanining 100 yilligi va Ohangaron shahrining 60 yilligi oldidan Joriy yil Ohangaron...

MO‘MINOBODLIK CHORVADORLAR SULOLASI

Оhangaron tumanining 100-yilligi oldidan Tumanimizda Mo‘min ota Xolto‘rayev nomini bilmaydigan inson...

ADIRLIKDA UNGAN «AVATAR»

Yaqin-yaqingacha Ohangaronning Shodmalik mahallasi atrofidagi qir-adirlar faqat chorva boqiladigan...

Gazetamizga obuna bo'ling

Ohangaron hayotidagi so’nggi yangiliklar bilan birinchilardan
bo’lib tanishing. Har juma yangi son — saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarda!