PF–21-sonli Farmon bilan yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 371-bandiga muvofiq, istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha xorijda maqsadli stajirovka oʻtaydigan xodimlar soni 2030-yilga qadar 200 nafarga yetadi.
📊 Rejalashtirilgan koʻrsatkichlar:
▪️2026 — 80 nafar
▪️2027 — 120 nafar
▪️2028 — 150 nafar
▪️2029 — 180 nafar
▪️2030 — 200 nafar
Bugungi global raqobat sharoitida davlat xizmati uchun xalqaro tajribaga ega kadrlar tayyorlash muhim vazifaga aylanmoqda. Xorijiy stajirovkalar orqali mutaxassislar ilgʻor texnologiyalar, zamonaviy boshqaruv usullari va samarali xizmat modellarini oʻrganadi.
🎯 Asosiy maqsad — strategik sohalar uchun yangi avlod, raqobatbardosh va professional kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Bu tashabbus:
✔️ davlat boshqaruvi samaradorligini oshiradi
✔️ xalqaro tajribani amaliyotga olib kiradi
✔️ innovatsion yondashuvlarni kengaytiradi
✔️ professional kadrlar salohiyatini mustahkamlaydi

